s
USD: Rub: Eur:
2023-06-12 852

SAVDO SHOXOBCHASIDA SOTILAYOTGAN TAMAKI MAHSULOTLARI OCHIQ HOLDA NAMOYISH ETILMAYDI

Chakana savdo shoxobchasida sotilayotgan tamaki mahsulotlari va nikotin isteʼmol qilish moslamalari ochiq holda namoyish etilmaydi. Yaʼni sotuvdagi tamaki mahsulotlari va nikotin isteʼmol qilish moslamalari oʻrniga ularning nomi va narxi aks ettirilgan roʻyxat joylashtiriladi.

Bunda xaridor talabiga koʻra, faqat sotiladigan mahsulot koʻrsatilishi mumkin.

Mazkur tartib, 2023-yil 24-maydagi “Alkogol va tamaki mahsulotlarining tarqatilishini hamda isteʼmol qilinishini cheklash toʻgʻrisida”gi OʻRQ-844-son Qonunda belgilab qoʻyildi.

Shuningdek, Qonun bilan Soliq organlarining alkogol va tamaki mahsulotlarining tarqatilishini hamda isteʼmol qilinishini cheklash sohasidagi vakolatlari tasdiqlandi.

Unga muvofiq, soliq organlari:

▫️alkogol va tamaki mahsulotlarining aylanishi bilan bogʻliq soliqlar va yigʻimlarning toʻgʻri hisoblab chiqarilishi, toʻlanishi ustidan nazorat qiladi;

▫️savdo va xizmat koʻrsatish obyektlarida alkogol va tamaki mahsulotlari, tamakini hamda nikotinni isteʼmol qilish moslamalarini realizatsiya qilish qoidalariga rioya etilishi ustidan nazorat qiladi. Ularning noqonuniy aylanmasini oldini olish choralarini koʻradi.

Qonunga muvofiq, alkogol va tamaki mahsulotlarini, tamakini hamda nikotinni isteʼmol qilish moslamalarini 21 yoshga toʻlmagan shaxslarga sotish taqiqlanadi.

Qonun rasman e'lon qilingan kundan e'tiboran 3 oy o‘tgach kuchga kiradi.

 

 

Shovot tuman adliya

bo‘limi boshlig‘i                                                                      J.Qurbonov

 

 

Мавзуга оид