Boquvchi vafot etganligi munosabati bilan yetkazilgan ziyonning o'rni quyidagicha qoplanadi:
voyaga yetmagan shaxslarga — 18 yoshga to'lguniga qadar;
18 yoshdan oshgan o'quvchilarga — kunduzgi ta'limni tugatguniga, lekin ko'pi bilan yigirma 3 yoshga to'lguniga qadar;
55 yoshdan oshgan ayollarga va 60 yoshdan oshgan erkaklarga — umrbod;
nogironligi bo'lgan shaxslarga — nogironlik muddatiga;
marhumning qaramog'ida bo'lgan bolalarini, nabiralarini, aka-ukalari va opa-singillarini parvarishlash bilan band bo'lgan ota-onasidan biriga, eriga (xotiniga) yoki boshqa oila a'zosiga — qaramog'idagi shaxslar 14 yoshga to'lguniga qadar.
Xiva tuman yuridik xizmat ko'rsatish markazi bosh yuriskonsulti
M.Bayjanov