s
USD: Rub: Eur:
2024-09-27 252

Voyaga etmaganlar va yosh bolalar ma’lumot olishida qanday cheklovlar mavjud?

O‘zbekiston Respublikasining 07.01.2008 yildagi 139-sonli Qonuniga asosan, har bir bola o‘zining sog‘lig‘i, axloqiy va ma’naviy kamol topishiga ziyon etkazmaydigan axborotni olish huquqiga ega. Har bir bola har qanday axborotni izlash, olish va tarqatish huquqiga ega, qonunda nazarda tutilgan cheklashlar bundan mustasno. Cheklovlarga to‘xtaladigan bo‘lsak, pornografiya, shafqatsizlik va zo‘ravonlikni namoyish etuvchi, inson qadr-qimmatini tahqirlovchi, bolalarga zararli ta’sir ko‘rsatuvchi va huquqbuzarliklar sodir etilishiga sabab bo‘luvchi ommaviy axborot vositalaridan foydalanish, adabiyotlarni tarqatish hamda filmlarni namoyish etish taqiqlanadi.

Hazorasp tuman adliya bo‘lim yuridik xizmat ko‘rsatish markazi

Мавзуга оид