s
USD: Rub: Eur:
2023-08-16 547

XORAZM VILOYATI ADLIYA ORGANLARI FAOLIYATIDA MUQOBIL ENERGIYADAN FOYDALANISH YO`LGA QO`YILDI

 

Mamlakatimizda qayta tiklanadigan energiya manbalarini rivojlantirish orqali energiya resurslarini tejash, barqaror energiya ta’minotini yaxshilash sohasida bosqichma-bosqich amalga oshirilayotgan loyihalar o‘zining ijobiy samarasini bermoqda.

          O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 16-fevraldagi
“2023-yilda qayta tiklanuvchi energiya manbalarini va energiya tejovchi texnologiyalarni joriy etishni jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi
PQ-57-sonli Qarori asosan Xorazm viloyat adliya boshqarmasi va uning tizimidagi idoralarda jami 320 kVt energiya tejovchi quyosh panellari o‘rnatilgan bo`lib, adliya organlari faoliyat olib boruvchi tashkilot binolari 76,9% qismi elektr energiyasini tejovchi quyosh panellari bilan ta’minlandi. Ushbu ko`rsatkich joriy yil 3-choragi yakuniga qadar 100% ga yetkazish va 410 kVt bo‘lgan energiya tejovchi quyosh panellari o‘rnatish rejalashtirilgan.

Shu bilan birga, Xorazm viloyat adliya boshqarmasi tomonidan elektr energiyasini maqsadli foydalanish va uni tejash bo’yicha salmoqli ishlar amalga oshirildi.

Jumladan, boshqarma tomonidan “Energiyani tejash siyosati”
(
Energy saving policy) asosida viloyat adliya boshqarmasi va uning tizimidagi idoralar ish faoliyatida binolarda elektr energiyasidan tejamkorlik asosida xonalar chiroqlaridan kunning birinchi yarmida foydalanmaslik, yoz kunlarida mavjud konditsioner qurilmalaridan, liftlardan va turli xil suv isitish
kurilmalaridan foydalanish me’yorlariga to‘liq amal qilib borilayotganliklari natijasida elektr energiyasiga bo‘lgan xarajatlar sezilarli darajada kamaytirishga erishildi.

Buning natijasida mahalliy elektr ta’minoti korxonalari tomonidan yetkazib
berilayotgan elektr energiyasini deyarli 70 foizgacha tejash imkoni yaratiladi.

Tahlillarni raqamlarda keltiradigan bo`lsak, elektr energiyasini tejash siyosatini amalga oshirish natijasida, 2021-yilda 83.7 ming kVt elektr energiyasi istemol qilingan bo‘lsa, 2022-yilga kelib bu ko‘rsatkich 63.6 ming kVt,
2023-yilning 1-yarim yilligida bu ko‘rsatkich 19 ming kVt elektr energiyasi istemol qilingan bo‘lib, ushbu ko‘rsatkich yil yakuniga qadar o‘tgan yillar yani 2021-2022-yillar bilan taqqoslanganda mahalliy elektr ta’minoti korxonalari tomonidan yetkazib berilayotgan elektr energiyasini deyarli 70 foizgacha tejashga erishilib, birgina viloyat adliya boshqarmasi misolida viloyat mahalliy budjetining taxminan 100.0 million so‘mlik mablag‘lari iqtisod qilinganligiga erishilganligini ko‘rsatmoqda.

2022-yil ikkinchi yarmida barcha tuman (shaxar)adliya bo‘limlari va yuridik xizmat ko‘rsatish markazlarini Davlat xizmatlarimarkazlari binolariga o‘tkazilishi, binolarda bo‘limlarni bitta xonalargajoylashtirilishi natijasida, 100 ming kVt elektr energiyasini tejashliga erishildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 17-martdagi PF-89-son Farmoniga asosan  tuman (shahar) adliya bo‘limlari va yuridik xizmat kursatish markazlari, Davlat xizmatlari markazlari va FHDY bo‘limlari bitta binoda faoliyat yuritmoqda. Bu ham albatta budjet va budjetdan tashqari ajratilayotgan mablag‘lar va mavjud bo‘lgan tabiiy resurslarni tejash imkonini berdi va 2022-yil ikkinchi yarmida barcha tuman (shahar) adliya bo`limlari, yuridik xizmat ko`rsatish markazlarini DXM binolariga o`tkazilishi natijasida 100 ming kVt elektr energiyasini tejashga erishildi.

Hozirgi kunda jahon miqyosida quyosh va shamol energetikasi qayta tiklanuvchi energiya manbalari quvvatlarining oshishida asosiy rolni oʻynamoqda, bunda 2019-yilda ushbu turdagi energetika quvvatlari oʻsishining ulushi jahondagi jami qayta tiklanuvchi energiya manbalari quvvatlari sof oʻsishining 90 foizini tashkil etdi. Xitoy va AQSH shamol energetikasi rivojini jadallashtirish boʻyicha yetakchi mamlakatlar boʻlib, 2019-yil davomida quyosh energetikasi boʻyicha Xitoy, Xindiston, Yaponiya, Janubiy Koreya va Vyetnam eng yuqori quvvatlarga erishdilar.

Elektr energiyasini tejash borasida olib borilayotgan bu kabi ishlar, albatta tabiiy resurslar hisoblangan elektr energiyasi, issiqlik energiyasi va boshqa energiya manbalari hamda tabiiy resurslarni maqsadli sarflanishi orqali uzoq, olis hududlargacha yetib borishiga hamda kelgusi avlodlarimiz uchun saqlanib qolinishiga ham imkon yaratadi.

 

 

Rasulbek IBRAGIMOB

                                                                    
Xorazm viloyat adliya boshqarmasi

bosh maslahatchisi

Мавзуга оид