s
Ўзбекистон Республикаси Марказий Банки
USD:10472.67 Rub:137.47 Eur:12335.76
2024-06-26 857

Davlat xaridlarining ijrochisi kim ?

O‘zbekiston Respublikasining  Davlat xaridlari to‘g‘risida qonuni 12.03.2021-yil qonunining 24-moddasiga asosan. Davlat xaridlarining ijrochisi (bundan buyon matnda ijrochi deb yuritiladi) xarid qilish tartib-taomillari yakunlari bo‘yicha g‘olib deb topilgan va o‘zi bilan davlat xaridlari to‘g‘risida shartnoma tuzilgan ishtirokchidir.

Ijrochi:

davlat buyurtmachisi bilan tuzilgan shartnomani bajarish jarayonida tushuntirishlar olish uchun unga murojaat qilish;

yetkazib berilgan tovar (ish, xizmat) uchun haq olish;

shartnoma shartlariga muvofiq va (yoki) qonunchilikda nazarda tutilgan hollarda shartnomani bekor qilish huquqiga ega.

Ijrochi:

qonunchilik talablariga rioya etishi;

shartnomani uning shartlariga muvofiq bajarishi;

asosiy benefitsiar mulkdor to‘g‘risidagi ma’lumotlarni oshkor etishi;

shartnomani bajarish jarayonida davlat buyurtmachisiga yoki vakolatli davlat organiga uning so‘rovi bo‘yicha tushuntirishlar va axborot berishi shart.

 

Hazorasp tuman adliya bo‘limi yuridik xizmat ko‘rsatish markazi

Мавзуга оид