s
Ўзбекистон Республикаси Марказий Банки
USD:10472.67 Rub:137.47 Eur:12335.76
2024-09-27 344

Bolаgа to‘lаnаdigаn аlimentdаn tаshqаri onа tа’minoti uchun to‘lаnаdigаn tа’minotning eng kаm miqdori qаnchа?

Oila kodeksining 118-moddasiga ko‘ra, sobiq xotin homiladorlik davrida va o‘rtada bola tugʼilgan kundan boshlab uch yil davomida sobiq turmush o‘rtogʼidan o‘zining taʼminoti uchun moddiy taʼminot olishi mumkinligi belgilangan. Mazkur kodeksning 119-moddasida esa, Er-xotin (sobiq er-xotin) o‘rtasida aliment to‘lash to‘g‘risida kelishuv mavjud bo‘lmagan hollarda er yoki xotinga (sobiq er yoki xotinga) sud tartibida undirib beriladigan aliment miqdori sud tomonidan er yoki xotinning (sobiq er yoki xotinning) moddiy va oilaviy ahvolini hamda taraflarning e’tiborga loyiq boshqa manfaatlarini e’tiborga olib, har oyda pul bilan to‘lanadigan qat’iy summada belgilanadi, biroq bu summa qonunchilikda belgilangan mehnatga haq to‘lash eng kam miqdorining 11,75 foizidan kam bo‘lmasligi lozim.

Hazorasp tuman adliya bo‘lim yuridik xizmat ko‘rsatish markazi

Мавзуга оид