s
USD: Rub: Eur:
2023-12-07 819

Maktab xotin-qizlar qо‘mitasi raisiga ustama belgilash mumkinmi?

Xalq ta’limi vazirining 2022 yil 31 maydagi 174-sonli buyrug‘i bilan umumta’lim muassasalarida Oila va xotin-qizlar davlat qо‘mitasining boshlang‘ich tashkilotlari faoliyatini yо‘lga qо‘yish nazarda tutilgan.

Mazkur buyruqning 2-band, 3-xatboshida boshlang‘ich tashkilot raisini о‘rnatilgan tartib bilan ish haqiga qо‘shimcha ustama belgilash orqali moddiy rag‘batlantirib borish belgilangan.

Ammo boshlang‘ich tashkilot raisini aynan qaysi manbalar hisobidan rag‘batlantirish borasida tо‘liq tushuntirish berilmagan.

Hozirgi kunda umumta’lim muassasasi xodimlariga qо‘shimcha ustamalar tayinlash Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 30 syentyabrdagi 823-sonli qarori bilan tasdiqlangan nizom bilan tartibga solinadi.

Ushbu nizomda belgilangan baholash mezonlarida esa umumta’lim muassasasi xotin-qizlar boshlang‘ich tashkilot raislari uchun alohida imtiyoz yoki ustamalar belgilash nazarda tutilmagan.

Shu sababli xotin-qizlar boshlang‘ich tashkilot raisini maktabning byudjetdan tashqari jamg‘ariladigan mablag‘lari hisobidan rag‘batlantirish lozim deb hisoblaymiz. Jamg‘arma mablag‘laridan foydalanish Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 27 apryeldagi 243-son qarori bilan tasdiqlangan nizom bilan tartibga solinadi.

 

 

Xonqa tuman Adliya bo’limi yuridik xizmat
ko'rsatish markazi bosh yuriskonsulti Z.Haitov

 

Мавзуга оид