s
Аmaldagi Mehnat kodeksining 319-moddasiga asosan, ish beruvchi quyidagi hollarda xodimga yetkazilgan ziyonning o‘rnini qoplashi shart:
xodim mehnat qilish imkoniyatidan gʼayriqonuniy ravishda mahrum qilinganda;
xodimning hayoti yoki sogʼligʼiga ziyon yetkazilganda;
xodimga ish haqi to‘lash va unga to‘lanishi lozim bo‘lgan boshqa to‘lovlar kechiktirilganda;
xodimning mol-mulkiga ziyon yetkazilganda.
Аgar ish beruvchining qonunga xilof harakatlari (harakatsizligi) bilan xodimga jismoniy yoki maʼnaviy azob yetkazilgan bo‘lsa, xodimga yetkazilgan maʼnaviy ziyon kompensatsiya qilinishi lozim.
Hazorasp tuman adliya bo‘lim yuridik xizmat ko‘rsatish markazi