s
Ўзбекистон Республикаси Марказий Банки
USD:10472.67 Rub:137.47 Eur:12335.76
2023-11-15 775

2023-yil 1-noyabrdan kuchga kiradi

 

Vazirlar Mahkamasining 08.08.2023 yildagi 345-son qaroriga ko‘ra, "Umra" tadbirlarini tashkil etish va o‘tkazishga oid xizmatlarni ko‘rsatuvchi turistik faoliyatni amalga oshirish litsenziyasi mavjud tashkilotlarga nisbatan quyidagi qo‘shimcha litsenziya talablari va shartlari qo‘llaniladi:

 

kamida 100 ming AQSh dollari ekvivalentidagi mablag‘larni Xavfsiz turizm jamg‘armasiga zaxiraga qo‘yish;

 

 ziyoratchilarning guruh rahbari etib O‘zbekiston musulmonlari idorasi mutaxassislarini tayinlash;

 

 turoperator shtatida diniy (islomiy) mutaxassisning bo‘lishi;

 

xizmatlarni voyaga yetmagan fuqarolarga ko‘rsatmaslik;

 

xizmatlarini Saudiya Arabistoni Podshohligidagi hamkor tashkilot orqali amalga oshirish.

 

Bunda ulardan litsenziyani qayta rasmiylashtirishda arizani ko‘rib chiqish uchun to‘lanadigan yig‘im va litsenziya uchun davlat boji undirilmaydi.

 

Yangiariq tumani Adliya bo’limi

 Yuridik xizmat ko’rsatish bo’limi

 bosh yuriskonsulti X.Matkarimov

Мавзуга оид