s
USD: Rub: Eur:
2024-09-28 723

Ishdan bo‘shatish nafaqasining miqdori qancha?

Аmaldagi Mehnat kodeksining 173-moddasiga asosan, ishdan bo‘shatish nafaqasining miqdori hodimni ishlab kelayotgan joyidagi ish stajiga bogʼliq bo‘lib, quyidagi miqdorlardan:

3 yilgacha ish stajiga ega bo‘lgan xodimlar uchun – o‘rtacha oylik ish haqining 50 foizidan;

3 yildan 5 yilgacha ish stajiga ega bo‘lgan xodimlar uchun – o‘rtacha oylik ish haqining 75 foizidan;

5 yildan 10 yilgacha ish stajiga ega bo‘lgan xodimlar uchun – o‘rtacha oylik ish haqining 100 foizidan;

10 yildan 15 yilgacha ish stajiga ega bo‘lgan xodimlar uchun – o‘rtacha oylik ish haqining 150 foizidan;

15 yildan ortiq ish stajiga ega bo‘lgan xodimlar uchun – o‘rtacha oylik ish haqining 200 foizidan kam bo‘lishi mumkin emas.

Hazorasp tuman adliya bo‘lim yuridik xizmat ko‘rsatish markazi

Мавзуга оид