“Muborak Qurbon hayitini nishonlash to'g'risida”gi Prezident Qarori (PQ-216-son, 11.06.2024 y.) qabul qilindi
Qarorga ko'ra, 2024-yilda muborak Qurbon hayitining birinchi kuni 16 iyun – yakshanba kuniga to'g'ri kelishi to'g'risida O'zbekiston musulmonlari idorasining axboroti ma'lumot uchun qabul qilinib, yurtimizda 16-iyun kuni Qurbon hayiti bayrami sifatida keng nishonlanadi.
Shuningdek:
Mehnat kodeksiga muvofiq, ishlanmaydigan bayram kuni hisoblanuvchi Qurbon hayitining birinchi kuni dam olish kuniga to'g'ri kelishi munosabati bilan ushbu dam olish kuni 17 iyun – dushanba kuniga ko'chiriladi.
Prezident Farmoni (https://lex.uz/docs/6704048) bilan 18 iyun – seshanba kuni barcha xodimlar uchun qo'shimcha dam olish kuni etib belgilangan.
Qurbon hayiti kunlarida mo'tabar ziyoratgohlar va tarixiy qadamjolarga ziyoratlarni tashkil etish uchun qulay sharoit va imkoniyatlar yaratiladi.
Xiva shahar yuridik xizmat ko’rsatish markazi