s
Ўзбекистон Республикаси Марказий Банки
USD:10472.67 Rub:137.47 Eur:12335.76
2023-07-19 751

KADASTR PASPORTI QAYSI HOLATLARDA BEPUL RASMIYLASHTIRILADI?

 

          O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil    2 sentyabrdagi 535-sonli Kadastr sohasida ayrim davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma'muriy reglamentlarini tasdiqlash to‘g‘risidagi qaroriga asosan quyidagi hollarda kadastr pasportini rasmiylashtirish bepul amalga oshiriladi:

         Ko‘chmas mulk ob'ekti bo‘yicha birlamchi kadastr yig‘majildi (pasporti) mavjud bo‘lib, begonalashtirilganda yoki ob'ektda o‘zgarishlar (rekonstruksiya, qo‘shimcha va alohida qurilish) mavjud bo‘lmaganda;

        Ko‘chmas mulk ob'ektining bir qismi begonalashtirilganda ob'ektning qolgan qismiga yoki rekonstruksiyasiz toifasi o‘zgarganda;

        Kadastr yig‘majildi (pasporti) yo‘qolganda (yaroqsiz holga kelganda va ko‘chmas mulk ob'ekti ko‘rsatkichlari o‘zgartirilmasdan).

        Mazkur davlat xizmatidan Davlat xizmatlari markaziga borgan holda yoki YaIDXP (my.gov.uz) orqali elektron tarzda foydalanishingiz mumkin.


Bog‘ot tuman adliya bo‘limi davlat
xizmatlari markazi bo‘lim boshlig‘i                                                                                                                                       Saidov G’ayrat Jumanazarovich

Мавзуга оид