s
Ўзбекистон Республикаси Марказий Банки
USD:10472.67 Rub:137.47 Eur:12335.76
2024-12-12 839

Turizm qo'mitasiga qo'shimcha vazifalar yuklatildi

✅ Qarorga (https://t.me/huquqiyaxborot_lotin/8040) ko'ra, Xalqaro qo'shma komissiyadan (Joint Commission International) akkreditatsiyadan o'tgan dastlabki 30 ta xususiy tibbiyot muassasasining akkreditatsiyadan o'tish xarajatlarining 50 foizi qoplab beriladi. 

 Turizm qo'mitasiga quyidagi qo'shimcha vazifalar yuklatildi:

O'zbekistonning chegara bojxona postlari hududida xorijiy fuqarolar uchun respublikadagi tibbiyot, sog'lomlashtirish muassasalari imkoniyatlari to'g'risida targ'ibot kampaniyalarini tashkil qilish;

davlat tili va xorijiy tillarda tibbiyot hamda sog'lomlashtirish muassasalarining yagona reyestrini shakllantirish va uni doimiy ravishda yangilab borish;

toifali (yulduzli) mehmonxonalar tipidagi sanatoriylarni sertifikatlashtirilishini tashkil qilish;

maxsus tibbiy va sog'lomlashtirish turizmi yo'nalishlari (marshrutlari)ni ishlab chiqish.

 2025-yil 1-martgacha quyidagilar ishga tushiriladi:

tibbiyot muassasalari, sanatoriylar va tibbiy turizm yo'nalishida xizmat ko'rsatuvchi turoperatorlarning xizmatlari sifati baholab borilishini nazarda tutuvchi reytingni shakllantirish uchun elektron platforma;

 davlat tili va xorijiy tillarda tibbiyot hamda sog'lomlashtirish muassasalarining yagona reyestri.

Xiva tuman yuridik xizmat ko`rsatish markazi bosh yuriskonsulti M.Bayjanov

Мавзуга оид