s
USD: Rub: Eur:
2025-03-10 548

Kimlar ota-onalik huquqidan mahrum qilinishi mumikin?

 

Oila kodeksining 79-moddasiga ko‘ra, ota-ona (ulardan biri) quyidagi hollarda ota-onalik huquqidan mahrum qilinishi mumkin.

ota-onalik majburiyatlarini bajarishdan bosh tortsa, shu jumladan aliment to‘lashdan bo‘yin tovlasa;

uzrsiz sabablarga ko‘ra o‘z bolasini tugʼruqxona yoki boshqa davolash muassasasidan, tarbiya, aholini ijtimoiy himoyalash muassasasi va shunga o‘xshash boshqa muassasalardan olishdan bosh tortsa;

ota-onalik huquqini suiisteʼmol qilsa, bolalarga nisbatan shafqatsiz muomalada bo‘lsa, jumladan jismoniy kuch ishlatsa yoki ruhiy taʼsir ko‘rsatsa;

muttasil ichkilikbozlik yoki giyovandlikka mubtalo bo‘lgan bo‘lsa;

o‘z bolalarining hayoti yoki sogʼligʼiga yoxud eri (xotini)ning hayoti yoki sogʼligʼiga qarshi qasddan jinoyat sodir qilgan bo‘lsa,

Ota-onalar (yoki ulardan biri)tomonidan bolalarga nisbatan yuqorida ko‘rsatilgan holatlar sodir etilsa ular sud tartibida ota-onalik huquqidan mahrum qilinishi mumkin.

Yangairiq tumani yuridik xizmat ko’rsatish markazi bosh yuriskonsul’ti  R.Aminov

Мавзуга оид