s
USD: Rub: Eur:
2023-12-11 654

Dekret puli kimlarga 75 foiz, kimlarga 100 foiz tо‘lanadi?

Savol:

– Texikumda о‘qituvchi bо‘lib ishlayman, bu yerga 2022 yil 20 dekabrda ishga kelganman, undan oldin maktabda dars berardim. Umumiy uzluksiz stajim – 6 yil. 2023 yil 1 dekabrdan homiladorlik va tug‘ish ta’tiliga chiqaman. Menga texnikum  buxgalteriyasi siz 12 oydan kam ishlagansiz deb, 75 foiz dekret puli chiqadi deyabdi. Yangi mehnat kodeksi bо‘yicha 100 foiz tо‘lanishi kerak deb eshitgan edim. Shu bois ayting-chi, qonun bо‘yicha menga dekret puli nechi foiz tо‘lanishi kerak?

Javob:

– О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ 2699-sonli qaroriga 05.04.2018 yilda PF – 5398 sonli farmon asosida kiritilgan о‘zgarishga kо‘ra: ayol xodim ishga qabul qilingan kunidan boshlab 12 oygacha ishlab, sо‘ng homiladorlik va tug‘ish ta’tiliga chiqsa, о‘rtacha oylik ish haqining 75 foizi miqdorida, ishga qabul qilingan kundan boshlab 12 oydan ortiq vaqt mehnat qilib keyin homiladorlik va tug‘ish ta’tiliga chiqsa, о‘rtacha oylik ish haqining 100 foizidan kelib chiqqan holda hisoblanadi.

E’tibor bergan bо‘lsangiz, “ayol xodim ishga qabul qilingan kundan boshlab 12 oygacha” jumlasi qо‘llanilgan. Mana shu jumla ayol xodimning umumiy ish stajini emas, aksincha о‘sha tashkilotga ishga kirgan vaqtidan boshlab homiladorlik va tug‘ish ta’tili uchun ish staji hisoblanishini anglatmoqda.

Xulosa qiladigan bо‘lsak, sizning ishga kirganingizga 12 oy bо‘lmaganligi uchun, sizga о‘rtacha ish haqining 75 foizi miqodirida dekret puli beriladi. Shuningdek, yangi tahrirdagi Mehnat kodeksining 404-moddasiga kо‘ra о‘rtacha oylik ish haqining yetmish besh foizidan kam bо‘lmagan miqdorda nafaqa tо‘lanadi.

 

Xonqa tumani adliya bo‘limi Yuridik xizmat ko‘rsatish markazi

boshlig‘i A.Boltyaev

 

Мавзуга оид