s
O’zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksini 161-moddasiga ko’ra, nomuayyan muddatga tuzilgan mehnat shartnomasini, shuningdek muddati tugaguniga qadar muddatli mehnat shartnomasini ish beruvchining tashabbusiga kо‘ra bekor qilish asoslangan bо‘lishi kerak.
Quyidagi sabablardan (asoslardan) birining mavjudligi mehnat shartnomasini bekor qilishning asoslanganligini bildiradi:
1) tashkilot (uning alohida bо‘linmasi) о‘z muassislarining (ishtirokchilarining) yoki ta’sis hujjatlari bilan bunga vakolat berilgan yuridik shaxs organining qarori bilan tugatilganligi yoxud yakka tartibdagi tadbirkor tomonidan faoliyatning tugatilganligi;
2) texnologiyaning, ishlab chiqarish va mehnatni tashkil etishning о‘zgarishi, ishlar (mahsulot, xizmatlar) hajmining qisqarishi bilan bog‘liq bо‘lgan tashkilot (uning alohida bо‘linmasi), yakka tartibdagi tadbirkor xodimlari sonining yoki shtatining о‘zgarganligi;
3) xodimning malakasi yetarli bо‘lmaganligi sababli egallab turgan lavozimiga yoki bajarayotgan ishiga muvofiq emasligi;
4) xodimning о‘z mehnat majburiyatlarini muntazam ravishda buzganligi. Avval mehnat majburiyatlarini buzganligi uchun xodim intizomiy yoki moddiy javobgarlikka tortilgan yoxud unga nisbatan mehnat tо‘g‘risidagi qonunchilikda va mehnat haqidagi boshqa huquqiy hujjatlarda nazarda tutilgan ta’sir choralari qо‘llanilgan kundan e’tiboran bir yil ichida xodim tomonidan takroran intizomiy nojо‘ya harakat sodir etilganligi mehnat majburiyatlarini muntazam ravishda buzishdir;
5) xodimning о‘z mehnat majburiyatlarini bir marta qо‘pol ravishda buzganligi. Xodim bilan tuzilgan mehnat shartnomasini bekor qilishga olib kelishi mumkin bо‘lgan mehnat majburiyatlarining bir marta qо‘pol ravishda buzilishlari rо‘yxatini belgilash ushbu Kodeksning 162-moddasiga muvofiq amalga oshiriladi;
6) ushbu Kodeksda va boshqa qonunlarda belgilangan о‘zga sabablar (asoslar).
Mehnat shartnomasini ushbu modda ikkinchi qismining 2 va 3-bandlariga kо‘ra bekor qilishga ushbu Kodeks 144-moddasining talablariga rioya etilgan holda yо‘l qо‘yiladi.
Mehnat shartnomasini xodimning aybli harakatlari (harakatsizligi) uchun bekor qilish intizomiy jazo chorasi bо‘lib, u ushbu Kodeksda belgilangan intizomiy jazolarni qо‘llash tartibi va muddatlariga rioya etilgan holda amalga oshirilishi kerak.
Umumiy о‘rta maxsus, professional ta’lim tashkilotlarining, shuningdek davlat grantlari bо‘yicha ta’lim olgan oliy ta’lim tashkilotlarining tegishli ta’lim tashkilotini tamomlagan kundan e’tiboran uch yil ichida birinchi bor ishga kirgan bitiruvchilari bilan mehnat shartnomasi ushbu mehnat shartnomasi tuzilgan kundan e’tiboran uch yillik muddat о‘tguniga qadar ish beruvchining tashabbusiga kо‘ra bekor qilinganida ish beruvchi bu haqda mahalliy mehnat organiga yozma shaklda xabar qilishi kerak.
Xonqa tuman yuridik xizmat
ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti Z.Xaitov