s
Er-xotinning o‘zaro roziligi bo‘lganda nikohdan ajralishda ariza beruvchilar fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organiga bergan arizalarida o‘rtada voyaga yetmagan bolalari va mulkiy nizolari yo‘qligini tasdiqlashlari shart.
Nikohdan ajralish ariza beruvchilarning doimiy yashash yoki vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tgan joydan qat’i nazar fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organiga ariza berilgan kundan boshlab uch oy muddat o‘tgach qayd etiladi.
O‘zbekiston Respublikasida o‘zaro nikoh tuzgan chet el fuqarolarining nikohdan ajralishini qayd etish umumiy asoslarda amalga oshiriladi.
O‘zbekiston Respublikasi hududidan tashqarida yashab turgan O‘zbekiston Respublikasining fuqarosi O‘zbekiston Respublikasi hududidan tashqarida yashab turgan eri (xotini) bilan tuzilgan nikohdan, mazkur shaxs qaysi davlat fuqarosi ekanligidan qat’i nazar, O‘zbekiston Respublikasi sudida ajralishga haqlidir.
Xulosa qilib aytadigan boʻlsak, qayerda roʻyxatdan oʻtgan boʻlishizdan qat'iy nazar fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organiga ariza berishingiz mumkin.
Asos:
Oʻzbekiston Respublikasi Oila kodeksining 218, 222, 236-moddalari.
Xiva tumani Adliya bo'limi yuridik xizmat ko’rsatish markazi bosh yuriskonsulti D. Masharipov