s
USD: Rub: Eur:
2024-09-17 228

O'qotar bo'lmagan qurolni o'z ixtiyori bilan topshirgan shaxslar javobgarlikka tortilmaydi

#Qonunchilikdagi_yangiliklar

O'qotar bo'lmagan qurolni o'z ixtiyori bilan topshirgan shaxslar javobgarlikka tortilmaydi

Prezident tomonidan imzolangan Qonun (O'RQ-946-son, 27.08.2024 y.) bilan Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeksga qo'shimcha kiritildi

Unga ko'ra, shaxs o'zining qonunga xilof egaligida bo'lgan pnevmatik, signal beruvchi, tig'li sovuq, uloqtirish quroli va o'zini o'zi himoya qilish qurolini ixtiyoriy ravishda topshirsa ma'muriy javobgarlikdan ozod qilinadi.

Ilgari bunday norma mavjud emas edi.

Qonun rasmiy e'lon qilingan kundan e'tiboran kuchga kiradi.

Xiva tuman yuridik xizmat ko`rsatish markazi boshligi    A.Hasanov

Мавзуга оид