s
USD: Rub: Eur:
2023-12-07 536

Jismoniy va yuridik shaxslarga ma'lumotnomalar berish bo'yicha davlat xizmatlari ko'rsatiladi.

Hukumat qarori (612-son, 20.11.2023 y.) bilan “Jismoniy va yuridik shaxslarga ma'lumotnomalar berish bo'yicha davlat xizmatlarini ko'rsatishning yagona ma'muriy reglamenti” qabul qilindi.

Unga ko'ra, ariza beruvchilar davlat xizmatidan foydalanish uchun Davlat xizmatlari markaziga shaxsan kelib murojaat etadi yoki davlat xizmatlaridan elektron shaklda foydalanish uchun YIDXP

(my.gov.uz)da  ro'yxatdan o'tadi.

Arizalar YIDXP orqali dam olish va bayram kunlaridan qat'i nazar, har kuni 24 soat davomida yuborilishi mumkin.

Ariza beruvchidan tegishli ma'lumotnoma turi bo'yicha belgilangan ma'lumotlar va hujjatlardan tashqari boshqa hujjatlarni talab qilish taqiqlanadi.

Arizani ko'rib chiqish uchun belgilangan miqdorlarda yig'im undiriladi.

“Ijtimoiy himoya yagona reestri” axborot tizimida ro'yxatga olingan shaxslarga, shuningdek, I va II guruh nogironligi bo'lgan shaxslarga belgilangan yig'imning 50 foizi miqdorida chegirma qo'llaniladi.

Noto'g'ri ma'lumotlar ko'rsatilishi, shuningdek, davlat xizmatlarini ko'rsatish uchun yig'imni to'lamaslik davlat xizmatlarini ko'rsatishni rad etish uchun asos hisoblanadi. Davlat xizmatlarini ko'rsatishni boshqa asoslar bo'yicha rad etish taqiqlanadi.

Ariza beruvchilar davlat xizmatlaridan foydalanishdan xizmat ko'rsatishning har qanday bosqichida bosh tortish huquqiga ega. Ariza beruvchi davlat xizmatlaridan foydalanishdan bosh tortganda, uning so'rovnomasi ko'rilmasdan qoldiriladi. Bunda to'langan yig'im summasi qaytarilmaydi.

Tegishli so'rovnoma to'ldirilib, ariza beruvchi tomonidan tasdiqlangandan so'ng barcha hujjatlar 10 daqiqa mobaynida vakolatli organga elektron shaklda yuboriladi. YAIDXP orqali murojaat qilinganda esa so'rovnoma avtomatik tarzda vakolatli organga yuboriladi.

Davlat xizmatlari markazi ma'lumotnoma kelib tushgandan so'ng 10 daqiqa mobaynida uni ariza beruvchining elektron manziliga yuboradi va ariza beruvchini bu haqda axborot-kommunikasiya tizimi orqali xabardor qiladi.

Vakolatli organ tomonidan rasmiylashtirilgan ma'lumotnomada noto'g'ri ma'lumotlar mavjudligi aniqlangan taqdirda, ariza beruvchi 15 kun ichida yig'im to'lamasdan belgilangan tartibda qayta murojaat qilish huquqiga ega.

 

Xonqa tumani yuridik xizmat

kо‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti                         D.O.Raximov.

 

 

 

Мавзуга оид