s
USD: Rub: Eur:
2024-12-03 993

Bilasizmi

 О‘zbekiston Respublikasi qonstitusiyasining 92-moddasida qiyidagilar bayon qolingan.

О‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qonunga muvofiq saylanadigan bir yuz ellik deputatdan iborat.

О‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati hududiy vakillik palatasi bо‘lib, Senat a’zolaridan (senatorlardan) iborat.

О‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati a’zolari Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jо‘qorg‘i Kengesi, viloyatlar, tumanlar va shaharlar davlat hokimiyati vakillik organlari deputatlarining tegishli qо‘shma majlislarida mazkur deputatlar orasidan yashirin ovoz berish yо‘li bilan Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridan teng miqdorda — tо‘rt kishidan saylanadi. О‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining tо‘qqiz nafar a’zosi fan, san’at, adabiyot, ishlab chiqarish sohasida hamda davlat va jamiyat faoliyatining boshqa tarmoqlarida katta amaliy tajribaga ega bо‘lgan hamda alohida xizmat kо‘rsatgan eng obrо‘li fuqarolar orasidan О‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tayinlanadi.

Saylov kuni yigirma besh yoshga tо‘lgan hamda kamida besh yil О‘zbekiston Respublikasi hududida muqim yashayotgan О‘zbekiston Respublikasi fuqarosi О‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi deputati, shuningdek О‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati a’zosi bо‘lishi mumkin. Deputatlikka nomzodlarga qо‘yiladigan talablar qonun bilan belgilanadi.

Ayni bir shaxs bir paytning о‘zida О‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi deputati va Senati a’zosi bо‘lishi mumkin emas.

О‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining deputati bir vaqtning о‘zida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jо‘qorg‘i Kengesining, viloyatlar, tumanlar, shaharlar davlat hokimiyati vakillik organlarining deputati bо‘lishi mumkin emas.

 

 

 

Xonqa tuman  yuridik xizmat

ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti                            Z.Xaitov 

 

Мавзуга оид