s
USD: Rub: Eur:
2024-12-03 284

Bilasizmi

Tashkilotning mulkdori almashganda, xuddi shuningdek tashkilot
qayta tashkil etilganda (qо‘shib yuborilganda, qо‘shib olinganda,
bо‘linganda, ajratib chiqarilganda, о‘zgartirilganda) yakka tartibdagi
mehnatga oid munosabatlar xodimning roziligi bilan davom ettiriladi.
Yangi mulkdor tashkilot rahbari, uning о‘rinboosarlari, bosh
buxgalter va tashkilot alohida bо‘linmasi rahbari bilan ushbu Kodeks
489-moddasining birinchi qismi 1-bandiga muvofiq mehnat shartnomasini
bekor qilishga haqlidir. Tashkilotning boshqa xodimlari bilan mehnat
shartnomasini faqat ushbu Kodeksga va boshqa qonunlarga muvofiq bekor
qilish mumkin. Tashkilotning mulkdori almashganda xodimlar sonini yoki shtatini о‘zgartirishga faqat mulk huquqining boshqa shaxsga о‘tishi davlat
rо‘yxatidan о‘tkazilganidan keyin yо‘l qо‘yiladi.
Tashkilotning idoraviy taalluqliligi (bо‘ysunuvi) о‘zgarganligi
yoki qayta tashkil etilganligi (qо‘shib yuborilganligi, qо‘shib olinganligi,
bо‘linganligi, ajratib chiqarilganligi, о‘zgartirilganligi) ushbu
tashkilotning xodimlari bilan mehnat shartnomalarini bekor qilish uchun
asos bо‘lmaydi. Xodim ushbu moddaning birinchi yoki tо‘rtinchi qismida nazarda tutilgan hollarda ishni davom ettirishni rad etganda xodim bilan
tuzilgan mehnat shartnomasi ushbu Kodeksning 173-moddasiga muvofiq
tegishli ishdan bо‘shatish nafaqasi tо‘langan holda bekor qilinadi.

Xonqa tumani adliya bo‘limi yuridik

xizmat kursatish markazi bosh yuriskonsulti                        D.Raximov.

 

 

 

 

 

 

Мавзуга оид