s
USD: Rub: Eur:
2021-05-28 228

ME'MOR//2021 II ARXITEKTURA KO’RIK –TANLOVI

2021 yil 27 mayda ME'MOR II Arxitektura ko’rik-tanlovi boshlanishiga baǵishlangan va O’zbekistonning to’rtta shahri – Toshkent, Farǵona, Buxoro va Nukus OAV vakillarini birlashtirgan press-uchrashuv bo’lib o’tdi.

Ko’rik-tanlovning maqsadi O’zbekiston fuqarolarining 2019-2021 yillar davrida arxitektura va shaharsozlik sohasida yaratgan eng yaxshi asarlarini  aniqlash va raǵbatlantirish hisoblanadi.

Ochiq ko’rik-tanlovning tashkilotchisi – O’zbekiston Respublikasi Arxitektorlar uyushmasi ko’magida “KNAUF GIPS BUXORO” MChJ XK. Tanlov arxitektorlar, interer dizaynerlari,  landshaft dizaynerlari, shu soha oliy o’quv yurtlarining talabalari va jurnalistlar uchun  o’tkaziladi.

Tanlovning asosiy vazifalari barqaror arxitektura sohasidagi kasbiy yutuqlarni ommalashtirish, arxitektor va dizaynerlarning eng muvaffaqiyatli arxitektura loyihalarini yaratish bo’yicha faoliyatini raǵbatlantirish, energiya jihatdan samarali ilǵor qurilish texnologiyalari va atrof muhitga imkon qadar kam salbiy tasir etadigan materiallarni bozorga chiqarish hisoblanadi.

 Mukofot fondi 160 000 000 so’mni tashkil etadi.

 Memor//2021 II Arxitektura ko’rik-tanlovi nominasiyalari:

❖         Turar joy va jamoat binolari va inshootlari. Qurilish yoki loyiha.

❖         Xususiy arxitektura. Qurilish yoki loyiha.

❖         Shahar hududlarini obodonlashtirish. Amalga oshirilgan yoki loyiha.

❖         Soha oliy o’quv yurtlari talabalarining eng yaxshi ishi.

❖         Arxitektura to’ǵrisida eng yaxshi jurnalistika materiali.

 Hakamlar tarkibiga arxitektura va dizayn sohasidagi xalqaro darajadagi ekspertlar kiritilgan: Xalqaro arxitektura akademiyasi Akademigi,  O’zbekiston shaharlarini rivojlantirish bosh rejalarini loyihalash bo’yicha guruh rahbari Baxtiyor Magdiev, Moskva arxitektorlar jamiyati raisi Boris Uborevich-Borovskiy, zamonaviy arxitektura sohasidagi Evropa Ittifoqi mukofoti eksperti Oleg Drozdov, ArxMoskva va Moskva Arxitektura Biennalesi  Xalqaro arxitektura va dizayn ko’rgazmasi kuratori Bart Goldxoorn, xalqaro loyihalar muallifi va Isroil Pudratchilar uyushmasining turar joy kompleksini eng yaxshi rejalashtirish bo’yicha mukofoti sohibi Pavel Ustinov. Hakamlar Raisi – Jamoa makonlarini rivojlantirish dasturi kuratori va Tatariston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi Nataliya Fishman-Bekmambetova.

 

Мавзуга оид