s
O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy Javobgarik to’g'risidagi kodeksining 36-moddasiga asosan Ma’muriy jazo qo‘llanish muddatlari deganda Ma’muriy jazo huquqbuzarlik sodir etilgan kundan boshlab, davom etayotgan huquqbuzarliklar uchun esa, huquqbuzarlik aniqlangan kundan boshlab bir yildan kechiktirmay qo‘llanilishi mumkin.
Jinoyat ishini qo‘zg‘atish rad etilgan yoki jinoyat ishi tugatilgan bo‘lsa-yu, lekin huquqbuzarning harakatlarida ma’muriy huquqbuzarlik alomatlari mavjud bo‘lsa, ma’muriy jazo chorasi jinoyat ishi qo‘zg‘atishni rad etish yoki jinoyat ishini tugatish to‘g‘risida, agar ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan muddatlar o‘tmagan bo‘lsa, qaror qabul qilingan kundan e’tiboran bir oydan kechiktirmay qo‘llanilishi mumkin.
Ushbu moddada nazarda tutilgan muddatlar ashyolarni bojxona munosabatlarini tartibga soladigan qonunchilik asosida musodara qilish hollariga nisbatan tatbiq etilmaydi.
Hazorasp tuman adliya bo‘limi yuridik xizmat ko‘rsatish markazi