s
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 22.09.2023-yildagi “Davlat organlari ustidan jamoatchilik nazoratini o‘rnatishning zamonaviy shakllari joriy etilishi munosabati bilan Vazirlar Mahkamasining “Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini yanada takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2021-yil 18-iyundagi 380-sonli qaroriga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi 489-sonli qaror qabul qilindi.
Har bir mahallada «mahalla nazorati» guruhlari tashkil etiladi. Ularning maqsadi – quyidagilar ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshirishdan iborat:
Mahalla nazorati guruhi uning rahbari (mahalla raisi), o‘rinbosari, kotib va guruh a’zolaridan iborat.
Guruhga namunali hulqqa, katta hayotiy tajribaga ega (davlat organlari va tashkilotlari mansabdor shaxslaridan tashqari) fuqarolar, shuningdek nodavlat notijorat tashkilotlari, OAV va boshqa fuqarolik jamiyati institutlari vakillari qabul qilinadi.
Guruh tashkil etilayotganda gender tengligi tamoyiliga rioya etilishi lozim. Shuningdek, uning tarkibiga nogironligi bo‘lgan shaxslar kiritiladi.
Guruh a’zolari fuqarolar yig‘ini tomonidan 5 yilga saylanadi.Mahalla raislariga davlat organlari va idoralariga, ularning mansabdor shaxslariga so‘rov yuborgan holda ularning faoliyatlariga oid masalalar bo‘yicha tushuntirish va o‘z munosabatini bildirishni talab etish huquqi berilmoqda. Shu bilan birga, so‘rov fuqarolar yig‘ini faoliyatiga oid bo‘lishi lozim.
Urganch tuman adliya bo‘limi
yuridik xizmat ko‘rsatish markazi
bosh yuriskonsulti B.R.Yusupov