s
Mexnat kodeksining 299-moddasiga asosan Ishdagi yutuqlar uchun xodimga nisbatan rag‘batlantirish choralariqо‘llanilishi mumkin. Rag‘batlantirish turlari, ularni qо‘llash tartibijamoa kelishuvlarida, jamoa shartnomasida, ichki mehnat tartibiqoidalari hamda mehnat tо‘g‘risidagi boshqa huquqiy hujjatlarda vamehnat shartnomasida belgilanadi. О‘ziga nisbatan intizom haqidagi ustavlar va nizomlarning amal qilishi tatbiq etiladigan xodimlarga nisbatan rag‘batlantirish turlari, ularni qо‘llash tartibi intizom tо‘g‘risidagi tegishli ustavlar va
nizomlarda belgilanadi. Xodimlar mehnat sohasida jamiyat va davlat oldidagi alohida xizmatlari uchun davlat mukofotlariga taqdim etilishi mumkin.
Ish haqi, mukofotlar, qо‘shimcha tо‘lovlar, ustamalar va mehnatga haq
tо‘lash tizimida nazarda tutilgan boshqa tо‘lovlar rag‘batlantirish turlari
jumlasiga kirmaydi. Intizomiy jazoning amal qilish muddati ichida
intizomiy javobgarlikka tortilgan xodimlarga mehnatga haq tо‘lash
tizimida nazarda tutilgan mukofotlarni tо‘lash tо‘g‘risidagi masala
mukofotlash haqidagi tegishli nizomlarda hal qilinadi.
Intizomiy jazoning amal qilish muddati ichida xodimga nisbatan
rag‘batlantirish choralari, shu jumladan mehnatga haq tо‘lash tizimiga
kirmaydigan va mehnat natijalariga asoslanmagan mukofotlar ham
(bayramlar, shu jumladan kasb bayramlari, yubileylar munosabati bilan
va hokazolar) qо‘llanilmaydi.
Xonqa tumani adliya bo‘limi yuridik
xizmat kursatish markazi bosh yuriskonsulti D.Raximov.