s
USD: Rub: Eur:
2024-09-27 588

Konsullik ro‘yxatida turuvchi, chet elda yashovchi fuqarolarga xorijga chiqish biometrik pasportini olish tartibi qanday?

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 49-sonli qaroriga ko‘ra, fuqarolarga xorijga chikish biometrik pasportini berish:

xorijdagi konsullik muassasalari;

Tashki ishlar vazirligining Konsullik-huqukiy departamenti;

Tashki ishlar vazirligining Qorakalpog‘iston Respublikasi va viloyatlardagi bo‘linmalari tomonidan amalga oshiriladi.

Konsullik muassasalari tomonidan xorijga chiqish biometrik pasportini quyidagi fuqarolarga rasmiylashtiriladi:

xorijda doimiy yashaydigan va doimiy konsullik ro‘yxatida turuvchilar;

O‘zbekiston hududida doimiy yashaydigan va 6 oydan ko‘p muddatga xizmat safari, o‘qish, davolanish, kontrakt bo‘yicha ishlash, oilasi bilan birlashish maqsadida xorijga vaqtinchalik chiqqan xamda konsullik ruyxatida turganlarga.

Pasport olish haqida tegishli idoralarga murojaat qilinganda, hujjatlar qabul qilingan kundan boshlab, O‘zbekiston hududida - 10 kun muddatda, xorijda esa – diplomatik postga jo‘natilish jadvaliga asosan amalga oshiriladi.

Hazorasp tuman adliya bo‘lim yuridik xizmat ko‘rsatish markazi

Мавзуга оид