s
USD: Rub: Eur:
2023-11-27 562

O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi oliy yuridik kuchga ega deganda nimalar tushuniladi, uning ahamiyati qanday?

Konstitutsiyaning eng asosiy yuridik xususiyatlaridan biri – uning oliy yuridik kuchga ega ekanligidir. Shu bois, yangilangan Konstitutsiyaning 15-moddasida O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi mamlakatning butun hududida oliy yuridik kuchga ega, degan ustuvor qoida belgilandi.

Konstitutsiya oliy yuridik kuchga ega deganda – qonunchilik hujjatlarining tizimida (iyerarxiyasida) eng yuqori o‘rinda turishi hamda uning boshqa har qanday normativ-huquqiy hujjatlardan ustunligi tushuniladi.

Shu o‘rinda, Asosiy qonunimizning Muqaddimasida “xalqaro huquqning umum eʼtirof etilgan normalari ustuvorligi tan olinganligi” uchun Konstitutsiya va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarning amal qilinishida xalqaro hujjatlarga muvofiqlikka eʼtibor qaratiladi.

Qonunchilik hujjatlariga Konstitutsiya, qonunlar, Oliy Majlis palatalari qarorlari, Prezident farmon, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasi qarorlari, vazirlik va idoralar buyruqlari hamda qarorlari, shuningdek mahalliy davlat hokimiyati organlari qarorlari kiradi.

Konstitutsiyaning oliy yuridik kuchga ekanligi uning siyosiy-huquqiy hujjatligi, parlamentda qabul qilinishining alohida tartibiga ega ekanligi yoki umumxalq ovozi (referendum) asosida qabul qilinishi, davlatning ichki va tashqi siyosatining asosiy strategik yo‘nalishlarini, insonning asosiy huquq va erkinliklarini belgilashida ham namoyon bo‘ladi.

Konstitutsiya oliy yuridik kuchga egaligini belgilovchi normalar AQSH, Yaponiya, Singapur, Braziliya kabi davlatlar konstitutsiyalarida ham mavjud..

 

Tuproqqal’a tuman Yuridik

xizmat ko`rsatish markazi

Bosh yuriskonsulti                                                               Eshchanov Ixlosbek Ilhom o`g`li

Мавзуга оид