s
O‘zbekiston Respublikasining 848-sonli Qonuniga ko‘ra, “Ijtimoiy himoya yagona reestri”ga kiritilgan shaxslarga fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlarga va maʼmuriy sudlarga taalluqli bo‘lgan quyidagi mazmundagi ishlar bo‘yicha davlat hisobidan yuridik yordam ko‘rsatilishi belgilangan:
ijtimoiy nafaqalar va moddiy yordam tayinlash hamda to‘lash to‘gʼrisidagi;
ishga tiklash haqidagi;
ish haqini undirish to‘gʼrisidagi;
alimentlarni undirish haqidagi;
uyga kiritish, turar joydan foydalanish huquqini yo‘qotgan deb topish va ko‘chirish to‘gʼrisidagi;
mehnatda mayib bo‘lganlik yoki sogʼliqning boshqacha tarzda shikastlanganligi, shuningdek boquvchining vafot etganligi tufayli yetkazilgan zararning o‘rnini qoplash haqidagi;
tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organlarning, surishtiruv, dastlabki tergov, prokuratura organlarining va sudning qonunga xilof harakatlari tufayli yetkazilgan zararning o‘rnini qoplash to‘gʼrisidagi.
Hazorasp tuman adliya bo‘lim yuridik xizmat ko‘rsatish markazi