s
O’zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksini 186-moddasiga ko’ra, mehnat shartnomasi taraflarining kelishuviga kо‘ra xodimga ishga qabul qilish chog‘ida va keyinchalik tо‘liqsiz ish vaqti (tо‘liqsiz ish kuni (smena) va (yoki) tо‘liqsiz ish haftasi, shu jumladan ish kunini qismlarga bо‘lgan holda) belgilanishi mumkin. Tо‘liqsiz ish vaqti ham muddati cheklanmagan holda, ham mehnat shartnomasi taraflari kelishgan har qanday muddatga belgilanishi mumkin.
Ish beruvchi:
ushbu Kodeksning 398-moddasiga muvofiq homilador ayolning, о‘n tо‘rt yoshgacha bо‘lgan bola (о‘n olti yoshgacha bо‘lgan nogironligi bо‘lgan bola) ota-onasidan birining (ota-onaning о‘rnini bosuvchi shaxsning), shuningdek oilaning betob a’zosini parvarishlashni amalga oshirayotgan shaxsning iltimosiga kо‘ra tibbiy xulosaga binoan;
nogironligi bо‘lgan shaxsning iltimosiga kо‘ra, agar mazkur shaxs uchun ish vaqtini belgilash ushbu Kodeks 424-moddasining ikkinchi qismiga muvofiq tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyasining tavsiyalarida nazarda tutilgan bо‘lsa;
ushbu Kodeksda yoki mehnat haqidagi boshqa huquqiy hujjatlarda nazarda tutilgan о‘zga hollarda tо‘liqsiz ish kunini belgilashi shart.
Ushbu moddaning ikkinchi qismida sanab о‘tilgan shaxslar uchun tо‘liqsiz ish vaqti xodim uchun qulay bо‘lgan muddatga, biroq tо‘liqsiz ish vaqtini majburiy ravishda belgilash uchun asos bо‘lgan holatlar mavjud bо‘lgan davrdan ortiq bо‘lmagan muddatga belgilanadi, ish vaqtining va dam olish vaqtining rejimi, shu jumladan har kungi ishning (smenaning) davomiyligi, ishning boshlanish va tugash vaqti, ishdagi tanaffuslar vaqti esa ushbu ish beruvchidagi ishlab chiqarish (ish) sharoitlari hisobga olingan holda xodimning istaklariga muvofiq belgilanadi. Bunda nogironligi bо‘lgan shaxslar tо‘liqsiz ish vaqtining davomiyligi va ish rejimi tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyasining tavsiyalariga muvofiq belgilanishi kerak.
Tо‘liqsiz ish vaqti shartlarida ishlaganda xodimning mehnatiga haq tо‘lash u ishlab bergan vaqtga mutanosib ravishda yoki u bajargan ishning hajmiga qarab amalga oshiriladi.
Tо‘liqsiz ish vaqti shartlarida ishlash xodimlar uchun har yilgi asosiy mehnat ta’tili davomiyligining, mehnat stajini hisoblab chiqarishning va boshqa mehnat huquqlarining biror-bir cheklanishlariga sabab bо‘lmaydi.
Xonqa tuman yuridik xizmat
ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti Z.Xaitov