s
Nogironligi bo'lgan shaxslarga berilgan ayrim imtiyozlar
Nogironligi bo'lgan shaxslar uchun OTMda davlat granti asosida qo'shimcha qabul kvotasi ajratiladi. (https://lex.uz/docs/-5049511)
Nogironligi bo'lgan shaxslarning avtotransport vositalari uchun ajratilgan to'xtab turish joylaridan foydalanganlik uchun haq olinmaydi. (https://lex.uz/docs/-3854805)
(https://lex.uz/docs/3854805#3857272)I va II guruh nogironligi bo'lgan shaxslarga DXM va (yoki) YIDXP orqali xizmat ko'rsatishda 50 foiz miqdorida chegirma qo'llaniladi. (https://lex.uz/docs/-5530487)
Nogironligi bo'lgan shaxslar jamoat birlashmalari ramzlarini davlat ro'yxatidan (qayta ro'yxatdan) o'tkazish uchun davlat boji undirilmaydi. (https://lex.uz/docs/-5317637)
Nogironligi bo'lgan 18 yoshgacha bolalarga hamda I yoki II guruh nogironligi bo'lgan shaxslarga (https://lex.uz/docs/-6411319#-6411675) nogironlik nafaqasini tayinlashda davlat xizmatlari bepul ko'rsatiladi.
I va II guruh nogironligi bo'lgan shaxslar bolalarini davlat maktabgacha ta'lim muassasalariga qabul qilishda imtiyozli ro'yxatga kiritilgan. (https://lex.uz/docs/-5429899)
Tegishli tibbiy xulosa asosida muhtoj shaxslarga protez-ortopediya moslamalari va reabilitatsiya qilishning texnik vositalari beriladi. (https://lex.uz/uz/docs/-5485696)
Nogironligi bo'lgan shaxslar sanatoriy-kurortda bepul sog'lomlashtirish huquqiga ega (https://lex.uz/docs/5049511).
I va II guruh nogironligi bo'lgan shaxslarning mulkida bo'lgan mol-mulk 60 kvadrat metr doirasida soliq solishdan ozod qilinadi. (https://lex.uz/docs/-4674902)
Mehmonxonalarda nogironligi bo'lgan shaxslar uchun alohida sharoitga ega xona tashkil etiladi. (https://lex.uz/docs/-5049511)
Xizmat turar joylarida yashayotgan I va II guruh nogironlari xizmat uyidan boshqa turar joy bergan holda ko'chiriladi. (https://t.me/huquqiyaxborot_lotin/4309)
(https://t.me/huquqiyaxborot/12323)Nogironligi bo'lgan yoshlarga BHMning 50 baravarigacha (17 mln so'mgacha) subsidiya ajratiladi. (https://t.me/huquqiyaxborot_lotin/3980)
(https://t.me/huquqiyaxborot/11903)I va II guruh nogironligi bo'lgan shaxslar yer solig'idan ozod qilinadi. (https://lex.uz/docs/-4674902)
Byudjet mablag'lari hisobiga moliyalashtiriladigan basseynlarda shug'ullanish va ulardan foydalanish uchun nogironligi bo'lgan bolalar to'lovdan ozod etiladi. (https://t.me/huquqiyaxborot_lotin/4097)
(https://t.me/huquqiyaxborot/12073)Bolalikdan nogiron bo'lganlar, shuningdek I va II guruh nogironlarining MHTEKMning 3 baravari (3 mln 150 ming so'm) miqdoridagi mablag'lari daromad solig'iga tortilmaydi. (https://t.me/huquqiyaxborot_lotin/3741)
Nogironligi bo'lgan shaxslar uchun yaratilgan barcha imkoniyatlar haqida ushbu havola orqali (https://advice.uz/oz/category/590) tanishishingiz mumkin
Xiva tuman yuridik xizmat ko`rsatish markazi
bosh yuriskonsulti M.Bayjanov