s
Ўзбекистон Республикаси Марказий Банки
USD:10472.67 Rub:137.47 Eur:12335.76
2025-01-09 167

Vazirlar Mahkamasining 2024 yil 16 apreldagi 204-son qarorining mazmun-mohiyati

joriy yilning 16 aprelida “Yoqilg’i-эnergetika sohasida bozor mexanizmlarini joriy etishning qo’shimcha chora-tadbirlari to’g’risida”gi 204-son Hukumat qarori qabul qilindi. Mazkur qaror bilan energoresurslar bilan bog’liq bir qator yangiliklar joriy qilinmoqda, xususan:

Ehtiyojmand oilalarga me’yordan ortiq ishlatilgan elektr
va gaz uchun pul beriladi

Isitish mavsumida (noyabr – fevral oylarida) ehtiyojmand oilalarga quyidagi kompensatsiyalar beriladi:

– noyabrda 270 ming so’m miqdorida bir martalik moddiy yordam;

– elektr va gaz bo’yicha bazaviy me’yordan oshgan narxlar o’rtasidagi farq kompensatsiya qilib beriladi:

gaz uchun – oyiga bazaviy me’yordan ortiq foydalanilgan 250 kub metrgacha;

elektr uchun – oyiga bazaviy me’yordan ortiq foydalanilgan 150 kVt soatgacha.

Qoraqalpog’iston Respublikasi va Xorazm viloyatlaridagi ehtiyojmand oilalar uchun to’lovlar oktyabr oyidan boshlab to’lanadi.

Ehtiyojmand oila sifatida “Ijtimoiy himoya yagona reestri” tizimiga kiritilgan oilalar tushuniladi. “Mahalla ettiligi” tomonidan Yagona reestrga kirmagan ehtiyojmand oilalarning esa qo’shimcha ro’yxati shakllantiriladi.

Tuman (shahar) hokimliklari ham mahallalar kesimidagi ehtiyojmand oilalar qo’shimcha ro’yxatiga o’zgartirish kiritishi mumkin.

Kompensatsiya oluvchi ehtiyojmand oilalar noyabr – mart oylarida (har oyning 15-sanasigacha) “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari yoki mahallalarda faoliyat yurituvchi ijtimoiy xodimlarga murojaat qiladi.

 

 

Rasulbek Ibragimov

Xorazm viloyat adliya boshqarmasi

bosh maslahatchisi

Мавзуга оид