s
“Umumta’lim muassasalarida sinflarni komplektlash hamda tarifikatsiya ro‘yxatlarini shakllantirish tartibi to‘g‘risida”gi nizomNING 15 va 19-bandlariga asosan homiladorlik va tug‘ish ta’tili hamda bola parvarishidan qaytgan o‘qituvchilarga dars soatlari mehnat qonunchiligiga asosan mazkur Nizomning 15-bandida belgilangan ko‘rsatkichlar ustuvor ketma-ketligi asosida taqsimlanadi.
Demak, dekretdan qaytgan o‘qituvchi ham o‘zining natijalariga erishgan yutuqlariga ko‘ra dars olishi mumkin.
Ushbu nizomning 25-bandiga asosan o‘qituvchilarining tarifikatsiya ro‘yxati o‘zgartirilishi va qayta ko‘rib chiqilishi mumkin.
Bunda o‘qituvchilar o‘rtasida jami dars soatlari rejasi doirasida kiritiladigan o‘zgartirishlar umumta’lim muassasasi tomonidan amalga oshiriladi.
Shunga ko‘ra dekretdan qaytgan o‘qituvchiga yuqoridagi qoidalariga rioya qilgan holda dars ajratiladi.
Gurlan tumani yuridik xizmat ko’rsatish markazi bosh yuriskonsulti J.Jumaboyev