s
O’zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksini 207-moddasiga ko’ra, Xodimlarga har haftada dam olish kunlari beriladi.
Besh kunlik ish haftasida xodimlarga haftada ikki dam olish kuni, olti kunlik ish haftasida esa bir dam olish kuni beriladi. Aynan bitta ish beruvchida mehnat shartnomasi asosida mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan xodimlar uchun bajariladigan ishning о‘ziga xos xususiyatlariga qarab ish haftasining har xil turlari belgilanishi mumkin.
Besh kunlik va olti kunlik ish haftasida umumiy dam olish kuni yakshanbadir. Besh kunlik ish haftasidagi ikkinchi dam olish kuni jamoa shartnomasida yoki ichki mehnat tartib qoidalarida yoxud smenalarga bо‘linib ishlash jadvallarida, ular mavjud bо‘lmaganda esa mehnat shartnomasida belgilanadi.
Uzluksiz ishlaydigan ishlab chiqarishlarda yoki ishlab chiqarish-texnika sharoitlari bо‘yicha yoki aholiga doimiy uzluksiz xizmat kо‘rsatish zarurati oqibatida dam olish kunlari ishini tо‘xtatish mumkin bо‘lmagan ishlab chiqarishlarda band bо‘lgan, shuningdek vaxta usulida ishlaydigan xodimlarga (xodimlar guruhiga) dam olish kunlari ichki mehnat tartib qoidalariga, smenalarga bо‘linib ishlash jadvallariga binoan haftaning har xil kunlarida navbatma-navbat beriladi.
Xonqa tuman yuridik xizmat
ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti Z.Xaitov