s
2023-yil 10-oktabrdagi O'zbekiston Respublikasi Prezidentining “O'zbekiston Respublikasi temir yo'l transporti sohasini tubdan isloh qilish chora-tadbirlari to'g'risida”gi PQ-329-sonli qarori qabul qilindi
Qarorga ko'ra, “O'zbekiston temir yo'llari” AJ va uning tarkibidagi korxonalar negizida 2024-yil 1-yanvargacha quyidagilar tashkil etiladi:
2023-yil 1-dekabrgacha temir yo'llarda yuklarni tashish tariflariga taqdim etiladigan chegirmalar ro'yxati tasdiqlanadi.
2024-yil 1-yanvardan yuk vagonlari va konteynerlarni taqdim etish hamda yuqori tezlikda harakatlanadigan va tezyurar poezdlarda yo'lovchilarni tashish xizmatlari tariflarini davlat tomonidan tartibga solish amaliyotidan voz kechiladi va ularni bozor tamoyillari asosida tartibga solish mexanizmiga o'tiladi.
2025-yil 1-yanvardan mahalliy yo'nalishlarda yo'lovchilarni tashish xizmatlarini (yuqori tezlikda harakatlanadigan va tezyurar poezdlarda yo'lovchilarni tashish bundan mustasno) ko'rsatishdan ko'rilgan zararlar, shuningdek, Vazirlar Mahkamasi qarorlari bilan temir yo'l transportida yuk tashish xizmatlariga berilgan chegirmalar Davlat byudjeti hisobidan kompensasiya qilinadi.
2027-yil 1-yanvargacha temir yo'l transporti xizmatlarini ko'rsatuvchi korxonalar tomonidan olib kiriladigan ortish-tushirish ishlari uchun mo'ljallangan mexanizm va uskunalarga bojxona bojining nol stavkasi qo'llaniladi.
2026-yil 1-yanvargacha “O'zbekiston temir yo'llari” AJ va uning tarkibidagi korxonalarga o'zaro to'g'ridan-to'g'ri shartnomalar asosida tovarlarni sotish, ijaraga berish, xarid qilish, yetkazish, ish (xizmat)larini bajarishga ruxsat beriladi.
Rasulbek IBRAGIMOV
Xorazm viloyat adliya boshqarmasi
bosh maslahatchisi