s
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 12.04.2018 yildagi “Og‘ir ijtimoiy vaziyatga tushib qolgan xotin-qizlarga, nogironligi bo‘lgan, kam ta’minlangan, farzandlarini to‘liqsiz oilada tarbiyalayotgan va uy-joy sharoitini yaxshilashga muhtoj onalarga arzon uy-joylar berish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida” 285-sonli qaroriga ko’ra, uy-joyga muhtoj xotin-qizlarga beriladigan arzon uy-joylar to‘lovi quyidagicha miqdorda qoplanishi belgilangan:
10 foizi Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash davlat maqsadli jamg‘armasi, talabgor ishlayotgan tashkilot va boshqa manbalar hisobiga (boshlang‘ich badal sifatida);
90 foizi banklarning imtiyozli kreditlari hisobiga.
Hazorasp tuman adliya bo’limi yuridik xizmat ko’rsatish markazi