s
USD: Rub: Eur:
2023-09-29 258

YoShLAR DAFTARIGA KIMLAR KIRITILADI

Vazirlar Mahkamasining 312-son qarori bilan tasdiqlangan Nizomga ko‘ra, «Yoshlar daftari»ga doimiy yoki vaqtincha yashash joyi bo‘yicha o‘n to‘rt yoshga to‘lgan va o‘ttiz yoshdan oshmagan (o‘ttiz bir yoshga to‘lmagan) quyidagi toifadagi:

oila a’zosi «Temir daftar», «Ayollar daftari» yoki «Ijtimoiy himoya yagona reestri»ga kiritilgan;

ijtimoiy himoyaga muhtoj bo‘lgan;

 boquvchisini yo‘qotgan, yetim yoki ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan;

o‘ziga nisbatan vasiylik yoki homiylik belgilangan;

 o‘zgalar parvarishiga muhtoj bo‘lgan ishga layoqatsiz;

 I yoki II guruh nogironligi bo‘lgan;

farzandida I yoki II guruh nogironligi bo‘lgan;

 jismoniy yoki ruhiy rivojlanishida nuqsonlari bo‘lgan;

 ota-onasidan birida I yoki II guruh nogironligi bo‘lgan, ikkinchisi esa ish faoliyatini to‘xtatgan holda bemorga qarashga majbur bo‘lgan yoxud ota-onasining har ikkisida I yoki II guruh nogironligi bo‘lgan;

 yuzaga kelgan holatlar sababli og‘ir turmush sharoitida qolgan;

 zo‘ravonlik va ekspluatatsiya, tabiiy ofatlar, halokatlar, yong‘inlar va boshqa favqulodda vaziyatlar oqibatida hayotiga, sog‘lig‘iga, mulkiga zarar yetgan;

«Mehribonlik» uyi, Bolalar shaharchasi yoki oilaviy bolalar uyida tarbiyalangan;

haq to‘lanadigan ishga yoki ish haqi (mehnat daromadi) keltiradigan mashg‘ulotga ega bo‘lmagan;

davolanishga muhtoj bo‘lgan bemor yoshlar;

jazoni ijro etish muassasalaridan qaytgan; muayyan yashash joyiga ega bo‘lmagan;

 psixologik maslahatga muhtoj;

nikohi qayd etilganiga uch yildan oshmagan yosh oila;

dehqonchilik yoki tomorqa xo‘jaligini yuritayotgan;

yosh tadbirkor yoki o‘zini o‘zi band qilgan shaxs sifatida soliq xizmati organlarida ro‘yxatdan o‘tgan yoshlar kiritiladi.

 

 

 

Yangiariq tumani Adliya bo’limi

 Yuridik xizmat ko’rsatish

 markazi boshlig’i  U.Navruzov

 

 

 

 

Мавзуга оид