s
USD: Rub: Eur:
2024-11-29 338

Yerlarning investitsiyaviy imkoniyatlaridan samarali foydalaniladi

“Tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyatini amalga oshirishda yer resurslarining investitsiyaviy imkoniyatlaridan samarali foydalanish chora-tadbirlari to'g'risida”gi Prezident Farmoni (PF-135-son, 06.09.2024 y.) qabul qilindi. Farmonga ko'ra, qishloq xo'jaligiga mo'ljallanmagan yer uchastkalarini mulk huquqi yoki ijara huquqi asosida, qishloq xo'jaligiga mo'ljallangan yer uchastkalarini ijara huquqi asosida sotib olish qiymatini quyidagi shartlarda har oyda teng ulushlarda, qoldiq summaga Markaziy bankning asosiy stavkasida foiz hisoblagan holda bo'lib-bo'lib to'lashga ruxsat beriladi: Toshkent, Nukus shaharlari va viloyatlar markazlarida – 3 yil davomida kamida 35 foiz miqdorida dastlabki to'lovni 15  ish kunida amalga oshirish sharti bilan; boshqa aholi punktlarida – 5 yil davomida, 4- va 5-toifalardagi tumanlarda esa 10 yil davomida kamida 15 foiz miqdorida dastlabki to'lovni 15 ish kunida amalga oshirish sharti bilan. Shuningdek, barcha turdagi yer uchastkalarining qiymati 15 ish kunida to'liq to'langan taqdirda, jami summaga nisbatan 20 foiz chegirma beriladi.  Joylardagi hokimliklarga sanoat zonalari, aholi punktlari hududlarining qismlari, xususan, yangi barpo etiladigan ko'p kvartirali va yakka tartibdagi uy-joy massivlari, savdo va xizmat ko'rsatish majmualari hududlarini shaharsozlik jihatidan rejalashtirish ishlariga belgilangan shartlarga muvofiq loyiha tashkilotlarini eng yaxshi takliflarni tanlash asosida jalb qilish huquqi beriladi.

Shovot tumani YXKM bosh yuriskonsulti A.A.Sharipboyev

 

 

 

Мавзуга оид