s
USD: Rub: Eur:
2024-12-03 966

Mehnat qonunchiligida ichki hujjatlarning о‘zaro nisbati deganda nimani tushunasiz.

О‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 15-moddasida, ish beruvchi tomonidan kasaba uyushmasi qо‘mitasi bilan kelishuvga kо‘ra qabul qilingan, shuningdek ish beruvchi yakka о‘zi qabul qilgan ichki hujjatlar jamoa shartnomasiga nisbatan xodimning holatini yomonlashtiruvchi qoidalarni о‘z ichiga olmasligi kerak.

Ish beruvchi yakka о‘zi qabul qilgan ichki hujjatlar xodimning holatini ish beruvchi tomonidan kasaba uyushmasi qо‘mitasi bilan kelishuvga kо‘ra qabul qilingan ichki hujjatlarga nisbatan yomonlashtiruvchi qoidalarni о‘z ichiga olmasligi kerak.

Agar mehnat tо‘g‘risidagi qonunchilikda, jamoa kelishuvlarida yoxud jamoa shartnomasida yoki ish beruvchi tomonidan kasaba uyushmasi qо‘mitasi bilan kelishuvga kо‘ra qabul qilingan mehnat haqidagi boshqa huquqiy hujjatlarda u yoki bu masala ish beruvchi tomonidan kasaba uyushmasi qо‘mitasi bilan kelishuvga kо‘ra hal etilishi kerakligi nazarda tutilgan bо‘lsa, ushbu talabga rioya etish ish beruvchi uchun majburiydir.

Kasaba uyushmasi qо‘mitasi ushbu moddaning uchinchi qismida belgilangan masalalar bо‘yicha qabul qilingan qaror tо‘g‘risida ish beruvchiga uning yozma murojaati olingan kundan e’tiboran yigirma kunlik muddatda yozma shaklda xabar berishi kerak, bundan ushbu Kodeksda boshqa muddat nazarda tutilgan hollar mustasno. Agar mazkur muddat tugagach ish beruvchining murojaati javobsiz qolgan bо‘lsa, ish beruvchi tegishli masalani kasaba uyushmasi qо‘mitasining roziligini olmasdan hal qilishga haqlidir.

Tashkilotda kasaba uyushmasi qо‘mitasi tashkil etilmagan hollarda ish beruvchi qonunchilikka muvofiq kasaba uyushmasi qо‘mitasi bilan kelishib olinishi kerak bо‘lgan masalalarni hal qilish niyati tо‘g‘risida mehnat jamoasini yozma shaklda xabardor qilishi shart. Agar axborot olingan kundan e’tiboran ikki hafta ichida mehnat jamoasining boshlang‘ich kasaba uyushmasi tashkilotini yoki xodimlarning boshqa vakillik organini tashkil etish tо‘g‘risidagi qarori qabul qilinadigan umumiy yig‘ilishi (konferensiyasi) о‘tkazilmasa, ish beruvchi tegishli masalalarni mustaqil ravishda hal qilishga haqlidir.

 

 

Xonqa tuman  yuridik xizmat

ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti                                Z.Xaitov 

Мавзуга оид