s
USD: Rub: Eur:
2023-11-15 995

Issiqxona xo‘jaligi uchun ajratilgan kreditlarni qaytarish muddati uzaytiriladi

 

Vazirlar Mahkamasining 2023 yil 27 oktyabrdagi “Issiqxona xo‘jaliklari va meva-sabzavotlarni eksport qiluvchi korxonalarning faoliyatini qo‘llab-quvvatlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 567-sonli qarori bilan issiqxona xo‘jaligi tashkil qilgan shaxslarga bir qator imtiyozlar berilmoqda.

 

Jumladan, qarorning 9-bandiga asosan bir qator tijorat banklariga kredit mablag‘lari hisobidan issiqxona xo‘jaligini tashkil qilgan har bir mijozning moliyaviy ahvolini inobatga olgan holda, ularning kreditlarini qaytarish muddatini uzaytirish choralarini ko‘rish yuklatildi.

 

Qaror ilovasiga asosan yuqoridagi vazifalar quyidagi banklarga tegishli:

 

Aziya Alyans bank, Hamkorbank, Mikrokreditbank, Aloqabank, Turonbank, Xalq banki, Ipak  yo‘li bank, Ipoteka bank, Biznesni rivojlantirish banki (sobiq Qishloqqurilish bank), Asakabank, O‘zsanoatqurilishbank, Agrobank va Milliy bank.

 

Yangiariq tumani Adliya bo’limi

 Yuridik xizmat ko’rsatish bo’limi

 bosh yuriskonsulti X.Matkarimov

 

 

Мавзуга оид