s
USD: Rub: Eur:
2025-06-15 236

Bilasizmi

Qonunchilikka ko'ra, mehnat shartnomasini tuzish chog'ida sportchilar dastlabki majburiy tibbiy ko'rikdan o'tishi shart. Ish beruvchi dastlabki va davriy majburiy tibbiy ko'riklarning o'tkazilishini o'z hisobidan tashkil etishi lozim. (https://lex.uz/ru/docs/-6257288#-6268094)

 Shuningdek, ish beruvchi o'z mablag'lari hisobidan sportchilarni sport kiyim-boshlari, sport anjomlari va ashyolari, ular mehnat faoliyatini amalga oshirishi uchun zarur boshqa moddiy-texnika vositalari bilan ta'minlashi, shuningdek ularni foydalanishga yaroqli holatda saqlashi shart.

 Bundan tashqari, sportchilarga 4 kalendar kundan kam bo'lmagan yillik qo'shimcha mehnat ta'tili beriladi.

Xiva tuman YXKM bosh yuriskonsulti M.Boyjonov

Мавзуга оид