s
USD: Rub: Eur:
2023-12-29 897

2024-yilda qo’shimcha dam olish kunlari belgilandi

"2024-yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qo’shimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini ko’chirish to’g’risida"gi Prezident Farmoni (PF–213-son, 22.12.2023-y.) qabul qilindi.

 

Farmonga ko’ra, 2024-yilda quyidagi qo’shimcha dam olish kunlari belgilandi:

 

barcha xodimlar uchun (ish haftasining turidan qat’i nazar):

 

▫22-mart – juma;

▫11-aprel – payshanba;

▫18-iyun – seshanba;

▫3-sentabr – seshanba;

▫31-dekabr – seshanba.

 

6 kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar uchun:

 

▫2-yanvar – seshanba;

▫23-mart – shanba;

▫12-aprel – juma;

▫31-avgust – shanba;

▫30-dekabr – dushanba.

 

5 kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar uchun dam olish kunlari quyidagi tartibda ko’chiriladi:

 

▫6-yanvar – shanba kunidan 2-yanvar – seshanba kuniga;

▫13-aprel – shanba kunidan 12-aprel – juma kuniga;

▫14-dekabr – shanba kunidan 30-dekabr – dushanba kuniga.

 

Xiva shahar yuridik xizmat ko’rsatish markazi

 

Мавзуга оид