s
Qonun bilan “О‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi tо‘g‘risida”gi Konstitusiyaviy Qonuniga kiritilgan о‘zgartirishga kо‘ra:
Qonunchilik palatasining deputati bir vaqtning о‘zida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jо‘qorg‘i Kengesining, viloyatlar, tumanlar, shaharlar davlat hokimiyati vakillik organlarining deputati bо‘lishi mumkin emasligi belgilandi.
Shuningdek, ayni bir shaxs surunkasiga ikki muddatdan ortiq Qonunchilik palatasining Spikeri bо‘lishi mumkin emasligi belgilandi.
“О‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatining va Senati a’zosining maqomi tо‘g‘risida”gi Qonunga kiritilgan о‘zgartirishga kо‘ra, Deputatga va senatorga 36 ish kunidan iborat haq tо‘lanadigan har yilgi mehnat ta’tili beriladi. ( bundan qonunchilikda kо‘proq muddatli ta’til nazarda tutilgan hollar mustasno)
Xonqa tumani adliya bо‘limi yuridik
xizmat kursatish markazi bosh yuriskonsulti D.Raximov.