Sovuq kunlarda energiyaga talab ortgani sari yetkazib berishda ham muammolar ko‘payadi. Energiya resurslarida taqchillik bo‘lgan paytda bizni faqat qayta tiklanuvchi muqobil energiyalar qutqarishi mumkin. Ko‘z o‘ngimizda neft va gaz zahiralari kamayib borishi quyosh energiyasiga tayanishga asos bo’lmoqda. Shu o’rinda savol tug’iladi: Quyosh panellarini ishlab chiqarishda qo'llaniladigan texnologiyalarni olib kelish, ushbu quyosh energiyasini aholiga yetkazib berish va o’rnatish qanday tartibda amalga oshrilmoqda? Ular bizga qancha muddatga xizmat qilishi mumkin? Bular haqida biz batafsil, O’zbekistondagi “ST-ENERGY” MChJ rahbari Shuhrat Yo’ldoshevning fikrlarini tingladik…
Ushbu quyosh batareyalari aholiga qanday daromad beradi?
O’zingiz ijtimoiy hayotingizda quyosh batareyalaridan qanday holatlarda foydalanasiz?
Jurnalist va blogerlar orasida nima uchun “Yshil energetika” xususida targ’ibot ko’p o’tkazilishi lozim?
Darhaqiqat, Xalqaro energetika agentligi (IEA) maʼlumotlariga koʻra, 2012-2017-yillar davomida auksion savdolar asnosida umumiy quvvati 152 GVt boʻlgan loyihalarni amalga oshirish uchun gʻoliblar aniqlangan boʻlsa, 2018-2023-yillarda esa bu koʻrsatkich qariyb 500 GVt.ni tashkil etadi. Mamlakatimizda qayta tiklanadigan energiya manbalari sohasida bosqichma-bosqich amalga oshirilayotgan loyihalar soni tobora ortib bormoqda va hech biri davlat kafolatlari taqdim etilishini nazarda tutmaydi. Bu, oʻz navbatida, sohada davlat-xususiy sherikchiligining vujudga kelishiga ham imkoniyat yaratadi. Sarmoyadorlar kiritayotgan takliflar esa energetika bozorining yirik ishtirokchilarida mamlakatimizda ishlashga boʻlgan qiziqish tobora ortib borayotganini, buning uchun qulay investiyaviy muhit yuzaga kelayotganini yaqqol koʻrsatib turibdi.
Mavjuda Sobirboyeva
jurnalist