s
USD: Rub: Eur:
2025-06-29 224

Soliq organlariga ma’lumotlar taqdim etish: davlat va boshqa vakolatli organlarning majburiyatlari

Coliq tizimini samarali yuritish, soliq solish bazasini to‘liq va aniq shakllantirish, shuningdek, nazorat faoliyati samaradorligini ta’minlash maqsadida bir qator davlat organlari, muassasalar va tashkilotlar soliq organlariga belgilangan tartibda ma’lumotlar taqdim etishga majburdirlar.

  1. Davlat ro‘yxatidan o‘tkazuvchi organlarning majburiyatlari

Tadbirkorlik sub’ekti bo‘lgan yuridik va jismoniy shaxslarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazuvchi organlar quyidagi ma’lumotlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan boshlab 10 kundan kechiktirmay soliq organlariga taqdim etishlari shart:

▪️ yuridik shaxsning davlat reestridan ko‘chirmasi;

▪️ rahbar yoki uning vazifasini bajaruvchi shaxs haqidagi ma’lumotlar;

▪️ jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami (JShShIR);

▪️ pasport yoki identifikatsiyalovchi ID-kartaga oid ma’lumotlar.

Shuningdek, ushbu organlar reestrga kiritilgan har qanday o‘zgarish to‘g‘risida bunday o‘zgarish kiritilgan kundan boshlab 3 kundan kechiktirmay soliq organlariga xabar berishi shart.

  1. Ichki ishlar organlarining axborot berish majburiyati

Ichki ishlar organlari quyidagi ma’lumotlarni taqdim etishi shart:

▪️ berilgan ID-kartalar, yo‘qotilgan yoki amal qilish muddati tugagan pasportlar o‘rniga berilgan hujjatlar haqida har oyda soliq organlariga ma’lumot berish;

▪️ turar joyni ijaraga berish (olish), yoki tekin foydalanish shartnomasi mavjud emasligi yoxud ushbu shartnomalar soliq organlarida ro‘yxatga olinmagani haqida aniqlangan holatlarni 3 kun ichida xabar qilish.

  1. Ko‘chmas mulk va yer uchastkalari bo‘yicha ma’lumotlar

Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazuvchi organlar ushbu mulk va uning egalari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni real vaqt rejimida elektron shaklda soliq organlariga taqdim etishi shart.

  1. Tabiiy resurslar, suv va litsenziya faoliyati bo‘yicha ma’lumotlar

Quyidagi organlar 10 kun muddatda soliq organlarini xabardor qilishi shart:

▪️ tabiiy resurslardan foydalanish, suvdan foydalanish, faoliyat uchun berilgan litsenziya va ruxsatnomalar haqidagi ma’lumotlar;

▪️ joylashgan vakolatxona yoki sub’ekt bo‘yicha tegishli faktlarning yuz berganligi (akkreditatsiya, reestrdan chiqarish va h.k.) haqidagi ma’lumotlar.

  1. Vasiylik, notarius va chet el fuqarolariga oid ma’lumotlar

▪️ Bolalar yoki mol-mulk egalariga nisbatan vasiylik, homiylik, boshqaruv belgilanganligi to‘g‘risidagi qarorlar,

▪️ Ko‘chmas mulkni sotish, ijara, meros va hadya shartnomalarining notarial tasdiqlanganligi haqidagi ma’lumotlar,

▪️ Ishlash uchun ruxsatnoma (patent) olayotgan chet el fuqarolari to‘g‘risidagi ma’lumotlar real vaqtda yoki belgilangan muddatda taqdim etilishi shart.

  1. Qimmatli qog‘ozlar va bojxona axborotlari

▪️ Qimmatli qog‘ozlar markaziy depozitariysi har oyda hisobot oyidan keyingi 10 kun ichida Davlat soliq qo‘mitasiga aksiyalar bo‘yicha bitimlar haqidagi ma’lumotlarni taqdim etadi.

▪️ Bojxona organlari esa import-eksport operatsiyalari, bojxona omborlarida saqlanayotgan tovarlar, elektron savdo orqali o‘tkazilayotgan tovarlar haqidagi ma’lumotlarni real vaqtda berib boradi.

  1. Internet domenlari va AKT vositasida ma’lumot berish

Internet milliy segmentidagi domen nomlari reestrini yurituvchi organ soliq organlariga tegishli ma’lumotlar bazasiga kirish imkonini beruvchi dasturiy mahsulotlar orqali ma’lumot taqdim etishi shart.

  1. Ma’lumotlarni taqdim etish tartibi va shakli

▪️ Barcha ma’lumotlar soliq organlariga bepul taqdim etiladi.

▪️ Soliq organi so‘roviga binoan, belgilangan organlar 5 kun ichida ma’lumot taqdim etishi lozim.

▪️ Elektron shaklda taqdim etish tartibi o‘zaro kelishuvga asosan belgilanadi.

▪️ Ma’lumot shakllari va ularni to‘ldirish tartibi Davlat soliq qo‘mitasi tomonidan tasdiqlanadi.

Ushbu talablarga rioya etish davlat nazoratini kuchaytirish va soliq organlarining axborot bilan ta’minlanganlik darajasini oshirishga xizmat qiladi. Qonunchilikda belgilangan majburiyatlarni bajarmaslik holati esa javobgarlikka sabab bo‘ladi.

 

Tuproqqal’a tuman adliya bo`limi Yuridik xizmat ko`rsatish markazi Bosh yuriskonsulti  Sadikova Manzura

Мавзуга оид