s
USD: Rub: Eur:
2024-05-20 349

Nikoh qayd etilganligi toʻgʻrisidagi guvohnomasiz sharʼiy nikoh oʻqigan domlaga javobgarlik mavjud.

Nikoh fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish organlarida tuziladi.
 Diniy rasm-rusumlarga binoan tuzilgan nikoh huquqiy ahamiyatga ega emas.

Nikohi qonunda belgilangan tartibda qayd etilmagan shaxslar o‘rtasida, shu jumladan nikoh yoshiga yetmagan shaxs bilan nikoh tuzishga doir diniy marosimni amalga oshirish, —
bazaviy hisoblash miqdorining o‘n besh baravaridan o‘ttiz baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

Agar bu ish,  shunday qilmish uchun ma’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin sodir etilgan bo‘lsa, —
bazaviy hisoblash miqdorining yetmish besh baravaridan bir yuz ellik baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz oltmish soatdan to‘rt yuz soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud ikki yildan uch yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.

Huquqiy asos: 
Oila kodeksi 13-modda;
Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeks 47³-modda;
Jinoyat kodeksi 125¹-modda.

Xiva tumani adliya bo‘limi yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.   D. Masharipov

Мавзуга оид