s
USD: Rub: Eur:
2024-03-20 932

AYOLLAR DAFTARI"DAN CHIQARISH UCHUN ASOS BO‘LADIGAN HOLATLAR

 Vazirlar Mahkamasining 145-son qarori bilan tasdiqlangan nizomga asosan, xotin-qizlar quyidagi hollarda «Ayollar daftari»dan chiqariladi:

 har bir toifa bo‘yicha belgilangan amaliy yordamlar to‘liq ko‘rsatilganda (individual dastur asosida);

 to‘liq davlat ta’minotiga olinganda;

 o‘z arizasiga ko‘ra;

 «Ayollar daftari»ga noqonuniy kiritilganligi aniqlanganda;

 boshqa davlatlarga doimiy yashash uchun chiqib ketganda;

 sudning ozodlikdan mahrum etishni nazarda tutuvchi hukmi qonuniy kuchga kirganda;

 shaxs vafot etgan taqdirda yoki sud qarori asosida bedarak yo‘qolgan deb topilganda.

Yuqoridagi asoslar mavjud bo‘lganida ayollar ushbu daftardan chiqarilishi mumkin "Ayollar daftari"ga kiritilgan ayollarning masalalari to‘liq hal etilmagunicha ular ushbu daftardan chiqarilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.

 

Xiva tumani yuridik xizmat ko’rsatish markazi bosh yuriskonsulti      M.M.Boyjonov

Мавзуга оид