s
#SESSIYA_OLDI_O‘RGANISH
Xalq deputatlari Urganch tumani Kengashining Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishda Xalq deputatlari Urganch tumani Kengashining navbatdagi sessiyasi kun tartibiga kiritilishi rejalashtirilgan masalalar dastlabki tarzda muhokama qilindi.
Shuningdek, tegishli sohalardagi mavjud muammolar, ularning yechimlari hamda mas’ul tashkilotlar oldidagi ustuvor vazifalar yuzasidan fikr va mulohazalar bildirildi.
Yig‘ilish yakunida muhokama qilingan masalalar yuzasidan tegishli taklif va tavsiyalar ishlab chiqilib, belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash muhimligi ta’kidlandi.
Xalq deputatlari Urganch tumani Kengashi