s
USD: Rub: Eur:
2023-12-15 245

Jamiyatlarni qo‘shib yuborish tartibini tushuntirib bering?

09.02.2017 yildagi 66-son Qayta tashkil etish qo‘shib yuborish deganda o’z faoliyatini tugatgan ikki yoki bir necha yuridik shahsning barcha huquqlari va majburiyatlarini o’tkazish yo’li bilan yangi yuridik shaxsni tashkil etish tushuniladi.

Yuridik shaxslar qo’shib yuborilganda ulardan xar birining xuquq va burchlari topshirish hujjatlariga muvofiq o’tadi.

Qayta tashkil etish faqat DXMlar orqali 09.02.2017 yildagi 66-sonli qaror bilan tasdiqlangan nizomda yuridik shaxsni davlat ro’yhatidan o’tkazish va qayta ro’yxatdan o’tkazish uchun belgilangan tartibda amalga oshiriladi.

4-bob. Qayta tashkil etilayotgan tadbirkorlik subyektini — yuridik shaxsni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish. Qayta tashkil etish yo‘li bilan tuzilayotgan tadbirkorlik subyektlarini — yuridik shaxslarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish, qayta ro‘yxatdan o‘tkazish Tizim vositasida amalga oshiriladi.

Maqola muallifi: Yangibozor tumani Adliya bo‘limi DXM bosh mutaxassisi R.Babadjanov

Мавзуга оид