s
USD: Rub: Eur:
2025-06-15 342

Endi oʻqishni sirtqidan kunduzgiga koʻchirish va qayta tiklash mumkin

Hukumatning 2025-yil 12-iyundagi 362-sonli qarori bilan 20.06.2017 dagi 393-sonli qarorga o‘zgartirish kiritildi.

Bugunga qadar sirtqi (maxsus sirtqi) taʼlimdan kunduzgi taʼlimga hamda sirtqi (maxsus sirtqi) taʼlimning bir taʼlim sohasidan ikkinchi taʼlim sohasiga fuqaroning oʻqishini koʻchirish va qayta tiklash haqidagi arizasiga rad javobi berilishiga asos boʻlardi. Endi shu xatboshini chiqarib tashlashdi.

Eslatib o‘tamiz, Prezident farmoniga ko’ra, (https://t.me/uztdi/9602) 2025/2026-o’quv yilidan boshlab ta’limning sirtqi shakliga qabul tugatilgan

Xiva Tuman YXKM bosh yuriskonsulti M.Boyjonov

Мавзуга оид