s
USD: Rub: Eur:
2025-06-29 714

Xodim mehnat vazifasini bajarishi chogʻida tan jarohati olsa, sugʻurta puli toʻlab beriladimi?

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 24-iyundagi 177-son qaroriga asosan ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish tartibi belgilangan.

Qoidalarga koʻra, quyida hollarda yetkazilgan zarar miqdorini belgilash va majburiy sugʻurta qilish shartnomasi boʻyicha sugʻurta tovonini toʻlash tartibi koʻrsatilgan:

  1. Xodim mehnat vazifalarini bajarish bilan bogʻliq holda mehnatda mayib boʻlishi, kasb kasalligiga chalinishi yoki sogʻligʻining boshqacha tarzda shikastlanishi munosabati bilan uning hayoti yoki sogʻligʻiga yetkazilgan zarar uchun ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish shartnomasi tuziladi.
  2. Sugʻurta hodisasi yuz berganda sugʻurtalovchi:

Agar yetkazilgan zararning oʻrnini qoplash bir yilgacha muddat uchun toʻlovni nazarda tutsa, sugʻurta tovonini jabrlanuvchiga yoki naf oluvchiga toʻlaydi.

Agar yetkazilgan zararning oʻrnini qoplash bir yildan ortiq muddat uchun toʻlovni nazarda tutsa, sugʻurta tovoni ish beruvchiga toʻlanadi. Bunda ish beruvchi annuitetlar shartnomasi boʻyicha sugʻurtalovchi bilan annuitetlar shartnomasini tuzishi va olingan sugʻurta tovonidan faqat annuitetlar shartnomasi boʻyicha sugʻurta mukofotini toʻlash uchun foydalanishi shart.

  1. Annuitetlar shartnomasi boʻyicha sugʻurtalovchi jabrlanuvchiga yoki naf oluvchiga joriy toʻlovlar tarzida bir yildan ortiq muddat uchun sugʻurta tovoni toʻlash majburiyatini oladi.
  2. Sugʻurta tovoni miqdori yetkazilgan zararning qonunchilikka muvofiq belgilangan miqdoriga teng boʻladi.
  3. Ish beruvchi majburiy sugʻurta qilish shartnomasi boʻyicha sugʻurta tovoni puli oʻzining hisob raqamiga tushgan kundan boshlab yetti ish kuni mobaynida annuitetlar shartnomasini tuzishi shart.

Shunday qilib, xodim mehnat vazifasini bajarayotganda tan jarohat olsa, sugʻurta puli qonunchilikda belgilangan tartibda va miqdorda toʻlab beriladi. Bunda zararning oʻrnini qoplash muddatiga qarab, sugʻurta tovoni bevosita jabrlanuvchiga yoki annuitetlar shartnomasi orqali uzoq muddatli toʻlovlar shaklida amalga oshiriladi.

Gurlan tuman YXKM boshlig‘i                       E.Raxmatillayev

Мавзуга оид